Besh davlat Isroil ustidan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi

Olam

image

Besh davlat Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlarini tergov qilishni talab qilib, Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasiga murojaat qildi. Bu haqda XJS saytidagi xabarda ma’lum qilindi.

Bu talab Bangladesh, Boliviya, Jibuti, Komor orollari va Janubiy Afrika tomonidan kiritilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, Rim statutiga muvofiq, ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi davlat hududida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun XJS prokuraturasiga murojaat qilishi mumkin.

XJS 2021 yil 3 martdan boshlab G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda 2014 yil 13 iyundan beri sodir etilgan sud yurisdiksiyasi doirasidagi jinoyatlarni tergov qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing