Bernem Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga qaytishiga shama qildi

Olam

−

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endryu Bernem Leyboristlar partiyasi mamlakatning YeIga qaytishi bo‘yicha referendum tashabbusi bilan chiqishi mumkinligiga shama qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem leyboristlarning bo‘lajak saylovoldi dasturlaridan biriga Yevropa Ittifoqiga qaytish bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish masalasi kiritilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda referendum o‘tkazish noo‘rin, biroq Buyuk Britaniya YeI bilan munosabatlar variantlarini ko‘rib chiqishi zarur, chunki Bosh vazirning fikricha, amaldagi holat qabul qilib bo‘lmas darajada.

Avvalroq, Leyboristlar partiyasi konferensiyasidagi nutqida Bernem yevroblok bilan yanada yaqin aloqalar o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganishga va’da bergan.

BBC siyosiy muharriri Kris Meyson Bernemdan may oyida bunday qilmaslikka va’da berganiga qaramay, YeIga qaytish bo‘yicha bahsli munozaralarni qayta boshlamoqchimi-yo‘qmi, deb so‘ragan.

“Yo‘q, men buni taklif qilayotganim yo‘q, shunday emasmi? Men Buyuk Britaniyani rivojlantirishning 10 yillik rejasi kontekstida kelajakda qayerda bo‘lishimiz variantlarini ko‘rib chiqishimiz zarurligi haqida gapiryapman”, deydi Britaniya Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati ko‘p yillardan beri birinchi marta yirik qurolli nizo uchun mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasini yangilagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing