Berlinda o‘ligi topilgan rus diplomati FXX generalining o‘g‘li ekani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Berlinda vafot etgan rossiyalik diplomat mamlakat Federal xavfsizlik xizmati (FXX) konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Aleksey Jaloning o‘g‘li bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kirill Jalo Berlinning Mitte tumanidagi Berenshtrassedagi elchixona binosining yuqori qavatlaridan biridan qulab tushgan. U 2019 yilning yozidan buyon diplomatik missiyaning ikkinchi kotibi sifatida akkreditatsiya qilingan. Biroq, keyinroq u maxfiy xizmat xodimi sifatida gumon qilingan. Shu bilan birga, 1-4 noyabr kunlari uning nomi Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik ro‘yxatidan o‘chirilgan.

35 yoshli diplomatning jasadi Rossiyaga topshirilgan, Moskva Germaniyada murda ustidan tibbiy tekshiruv o‘tkazishga ruxsat bermagan.

Axloqiy sabablarga ko‘ra Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi voqea yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham hech qanday izoh bermadi. 

“Tushunishingizni so‘rayman, vafot etgan va uning yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida boshqa tafsilotlarni ayta olmayman”, deydi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristofer Burger.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 oktyabr kuni Rossiya diplomatik missiyasi kotibining jasadi Berlindagi elchixona oldidagi yo‘lakdan topilgandi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, diplomat derazadan qulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

659

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing