Berdimuhamedov Yevroosiyodagi vaziyatga jiddiy chora ko‘rishga chaqirdi

Olam

image

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy davlatlar tashkilotini dunyodagi mojarolarga barham berish uchun hamma narsani qilishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Xalqaro munosabatlarning zamonaviy kon’yunkturasiga xos yondashuvlarni ilgari surgan Turkmaniston asosiy strategik maqsadga erishish uchun mamlakatlar sa’y-harakatlarini izchil birlashtirish zaruratidan kelib chiqadi. Maqsadning o‘zi xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga qat’iy rioya qilish orqali qarorlar qabul qilishda umuminsoniy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat”, dedi Berdimuhamedov. 

Xalq Maslahati Raisining fikricha, bu borada nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning faol pozitsiyasi talab etiladi, ular tomonidan teng huquqli va yaxshi muvofiqlashtirilgan hamkorlik asosida mas’uliyatli harakatlar zarur. 

Berdimuhamedov Yevroosiyo qit’asining qator mintaqalarida yuzaga kelayotgan siyosiy vaziyat o‘ta puxta o‘ylangan, aniq va jiddiy baho berish va tegishli choralar ko‘rishni talab qilishini ta’kidladi.  

“Biz tashkilotimiz mustaqil ravishda ham, jahon hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda mojarolarga barham berish va uzoqni ko‘zlab, mas’uliyatli yechimlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishi kerak, deb hisoblaymiz”, deydi u. 

Unga ko‘ra, turkiy dunyo davlatlarining kelishilgan pozitsiyalari teng huquqlilik, milliy suverenitet va xalqlarning davlat boshqaruv shaklini tanlash huquqini tan olgan holda dunyodagi siyosiy voqealarga ta’sir ko‘rsatishning samarali mexanizmiga aylanishi kerak. 

“Bundan kelib chiqib, Turkmaniston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Muloqot tinchlik kafolati” rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqishni taklif qildi. Ishonchimiz komilki, bunday hujjatning qabul qilinishi BMTga a’zo davlatlarning mojaroli vaziyatlar qanchalik qiyin bo‘lmasin, ularni tinch va muzokaralar yo‘li bilan hal etish bo‘yicha fundamental va so‘zsiz sadoqatini tasdiqlaydi”, deydi u. 

Shuningdek, u Turkmaniston BMT darajasida 2025 yilni Tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqanini eslatdi.  

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining joriy sessiyasida turkiy davlatlar buni qo‘llab-quvvatlasa, biz minnatdor bo‘lamiz”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing