Berdimuhamedov “spetsnaz”ni jangovar holatini kuchaytirishni buyurdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov maxsus topshiriqlar bo‘linmasini takomillashtirishni buyurdi. Bu haqda “Arqadag‘” joriy yilning 26 noyabr kuni o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda 27 yanvar kuni nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan.

Kuch tuzilmalari rahbarlari rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida davlat rahbari harbiy va huquq tartibot idoralari xodimlaridan tuzilgan “Türkmen edermen” (“Jasur turkman”) maxsus topshiriqlar bo‘linmasini takomillashtirish haqida topshiriq bergan.

“Maxsus kuchlar jangchilari yuksak jangovar tayyorgarligi bilan ajralib turishi, mardlik va vatanparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga mas’uliyat bilan yondashishi zarur. Guruhlar xodimlari kasbiy mahoratini, nazariy bilimini va jismoniy tayyorgarligini tizimli ravishda oshirishlari shart”, degan Berdimuhamedov.

Vatan himoyachilari kuniga kelsak, Berdimuhamedov aytganidek, “bayramlar har bir harbiy xizmatchining xotirasida muhim voqea sifatida qolishi kerak”. Turkmaniston rahbari, shuningdek, alohida xizmat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash bo‘yicha takliflar tayyorlashni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing