Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Jamiyat
−
24 iyul
4290O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
“O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tovar ayirboshlashni yanada ko‘paytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni 67 yoshga to‘ldi.
LiveBarchasi