Berdimuhamedov Erdo‘g‘an nomzodini Tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatdi

Olam

image

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomzodini Tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 16 mart kuni Turkiy Davlatlar Tashkilotining Anqarada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammitida so‘z ochdi. 

U o‘zining Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan do‘stligi 22 yillik tarixga borib taqalishini urg‘uladi. 

“Qadrli do‘stim Rajab Toyib Erdo‘g‘an! Biz siz bilan 22 yildan buyon tanishmiz. Bu yillar ichida Turkmanistonga ko‘rsatgan yordamingiz uchun turkman xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman”, deydi Berdimuhamedov.

U, shuningdek, Erdo‘g‘an dunyoda muhim siyosiy shaxsiyat ekanini aytdi. 

Berdimuhamedov so‘zida davom etib, Erdo‘g‘an Tinchlik uchun Nobel mukofotini olishga loyiq rahbar ekanini bildirdi. 

“U nafaqat o‘z xalqi, balki butun musulmon xalqlarining tinch-totuv yashashi uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Erdog‘an mintaqada va dunyoda tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish va xalqaro munosabatlarda o‘zaro tushunishni ta’minlash borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Bularni inobatga olgan holda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatamiz va bu yo‘nalishdagi barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Erdo‘g‘an haqiqatan ham ushbu xalqaro mukofotga loyiq boshqaruvchi”, deydi Turkmanistonning sobiq Prezidenti.

Shuningdek, Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston tez orada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini aytib, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlarini Turkmanistonga taklif qildi. 

“Agar qonunchiligimiz takomillashtirilsa, Turkmaniston turkiy oila qatoriga qo‘shilishi mumkinligiga ishonaman”, deydi siyosatchi. 

Berdimuhamedov, shuningdek, Marv shahrini 2024 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilishni ham taklif qildi. 

Turkmaniston rahbari fevral oyidagi zilzilalar haqida gapirar ekan, turk dunyosi birligi muhimligini qayd etdi.  

“Og‘ir kunda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, bunday kunda yaqin bo‘lishimiz kerak”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing