Berdimuhamedov Ashxobod, Anqara va Baku gaz ittifoqi haqida gapirdi
Olam
−
15 dekabr 2022
4136Turkmaniston va Ozarbayjondan Turkiyaga va undan keyin jahon bozorlariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik ishonchlilik va xavfsizlik kafolatlariga asoslanishi kerak. “Neytral Turkmaniston” gazetasining bugun, 15 dekabr kungi xabariga ko‘ra, bu haqda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari Ilhom Aliyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Turkmaniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har uchala davlat ham jahon bozorlariga energiya yetkazib berishning muvofiqlashtirilgan va ko‘p qirrali tizimini shakllantirish tarafdori.
Uning qayd etishicha, gaz sohasida uch tomonlama hamkorlik, yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va ularning faoliyati ko‘p tomonlama manfaatlar, shuningdek, ishonchlilik va xavfsizlik kafolatlarini hisobga oladigan aniq standartlarga asoslanishi kerak.
Turkiya Prezidenti kecha, 14 dekabr kuni Turkmanistondan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlarni boshlashga chaqirdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Anqara, Baku va Ashxobod tabiiy gaz yetkazib berish sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuzishini bildirdi.
14 dekabr kuni Turkmanboshidagi Avaza milliy turistik zonasida Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston birinchi uch tomonlama sammit doirasida beshta kelishuv imzolandi.
LiveBarchasi