Benzin taqchilligi sun’iy ravishda keltirib chiqarilyapti – Energetika vaziri

Jamiyat

image

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda benzin taqchilligi sun’iy ravishda keltirib chiqarilayotganini ma’lum qildi. U bu haqda bugun, 22 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da aytib o‘tdi

Vazirning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “zapravka”larda benzin yetishmayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan joylarga chiqib masalani o‘rganish ishlari olib borilgan. Unda ba’zi yonilg‘i quyish shoxobchalari holatni sun’iy manipulyatsiya qilgani aniqlangan. 

“Bu yerda taqchillik yuzaga kelgan deb bo‘lmaydi. Holatni sun’iy manipulyatsiya qilgan zapravkalarga nisbatan choralar ko‘rilyapti. Albatta, ehtiyojni qondirish uchun ichki ishlab chiqarishni oshirish va import qilib ham benzin olib kelinmoqda”, degan Mirzamahmudov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonidan kiritilgan ma’lum muddatli cheklov ham bunga ta’sir qilgan. Biroq, bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur davlatga tashrifi davomida hukumatlararo kelishuvga erishilgan.

“Ya’ni, u cheklov bo‘lsa-bo‘lmasa, bizga istisno tariqasida benzinni kafolatlangan tarzda olib chiqish imkoniyati yaratildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonga Rossiya kompaniyalaridan benzin import qilish boshlandi”, degan vazir.

Mirzamahmudov shuningdek, respublikada yil boshidan beri 1 million 160 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilganini, yana 371 ming tonna benzin import qilinishi rajalashtirilganini ta’kidlagan. 

“Yil yakunigacha 1 million 329 ming tonna benzin tashqaridan olib kelinadigan xomashyo va ichki resurslar hisobidan yetkazib beriladi. Noyabr va dekabr oylarida 80 ming tonna benzin import qilinib, ehtiyoj ortgan paytda ta’minlash ko‘zda tutilgan”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Energetika vazirligi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga AI-80 benzinini sotib olish uchun 10 tonnalik limit belgilagan edi. Biroq vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov mamlakatda yonilg‘i defitsiti yo‘qligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hukumat soati Jo'rabek Mirzamahmudov Energetika vaziri Benzin taqchilligi manipulyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made