Benzema Yevropaga qaytishi mumkin
Sport
−
18:50 630 1 daqiqa
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema taklif etilgan shartnoma shartlaridan norozi bo‘lganligi sababli Saudiya Arabistoni klubini tark etishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli fransiyalik futbolchi Yevropa futboliga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, u faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirish ehtimolini ham inkor etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benzema va klub o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli 38 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Fateh”ga qarshi (2:2) uchrashuvda maydonga tushishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.
Ta’kidlanishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bu esa uning qat’iy pozitsiya egallashiga olib kelgan.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2023 yil yozidan buyon “Al-Ittihod” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Benzemaning hozirgi bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi