Benzema “Real”dan ketishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonining top-klublaridan biri ikki yillik, yiliga 100 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Fransuz futbolchisi bu taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Benzemaning madridliklar bilan shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi. “Real Madrid” hujumchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishini istamoqda.

Futbolchi 2009 yildan beri “qaymoqranglilar” safida o‘ynab kelmoqda. Benzema joriy mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Karim “Real” bilan joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yetib bordi va “qirollik klubi” yarim finalda “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi. Yevropa Chempionlar ligasida fransiyalik futbolchi 10 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing