Benzema Olmaliqqa, Neymar Namanganga keladi. Ronaldu-chi?

Sport

image

Bugun, 24 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning to‘rt jamoasi guruh bosqichidagi o‘z raqiblarini bilib oldi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi “A” guruhidan joy oldi. “Sherlar”ga guruh bosqichida “Al-Fayha”, “Ahal” va “Al-Ain” jamoalari raqiblik qiladigan bo‘ldi. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa pley-off'ga chiqish uchun “B” guruhida “Al-Sadd”, “Al-Faysali” va “Sharja” klublari bilan kuch sinashadi. Olmaliqning OKMK klubi “S” kvartetida bahslarga kirishadi. Mirjalol Qosimov shogirdlariga Benzema boshchiligidagi “Al-Ittihod”, Eronning “Sepahon” va Iroqning “Al-Quva” jamoalari raqiblik qiladi. Namanganning “Navbahor” klubi esa “D” kvartetida musobaqadagi yurishini boshlaydi. Babayan shogirdlari Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol”, shuningdek, “Nasaji Mozandaron” va “Mumbay Siti” klublari bilan kuch sinashadi.

Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan “Al-Nasr” esa “E” guruhidan o‘rin egalladi. Qur’a hech qaysi o‘zbek klubini “E” guruhiga tushirmadi. “Al-Nasr” keyingi bosqichga chiqish uchun “Persopolis”, “Al-Duhail” va “Istiqlol” klublari bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Nasaf Ronaldu OKMK Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing