Bemorning 11 ta tishini noto‘g‘ri olib tashlagan stomatologlar qamaldi

Olam

image

Italiyaning Genuya shahridagi stomatologlar bemorning 11 tishini ortiqcha va keraksiz ravishda olib tashlagani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Corriere della Sera” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, 55 yoshli ayol internet orqali arzon narxlarda xizmat ko‘rsatadigan shifokorlarni topib, stomatologik muolajalar olishga qaror qilgan. Konsultatsiya davomida mutaxassislar bemorni ishning ko‘p qismini bir kunda bajarishga ishontirgan, unga maxsus protezlarni ko‘rsatishgan, ammo rentgen tekshiruvini o‘tkazishmagan. Shifokorlardan biri protsedurasiz barcha tishlarini yo‘qotishini aytgan.

Oqibatda to‘rt soat ichida ayolning 11 ta sog‘lom tishi olib tashlangan. Uchinchi kuni unga protezlar qo‘yilgan, ammo ular va’da qilinganidan farq qilgan va vaqtinchalik ekani ma’lum bo‘lgan.

Jabrlanuvchi operatsiya oqibatida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan: u gapira olmay, to‘g‘ri ovqatlana olmagan va hayot sifati og‘irlashgan. Bu uning shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilgan: tish muammolari va oqibatlaridan uyalib, sevgilisi bilan ajrashgan. Keyinchalik boshqa stomatolog unga jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bo‘lsa-da, ayol hanuz ovqatni yaxshi chaynay olmaydi.

Sud qaroriga ko‘ra, 11 tishini noto‘g‘ri olib tashlagan stomatologlarning birisi uch oy, ikkinchisi bir yilu besh oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va ayolga 14 300 yevro to‘lov puli to‘langan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya stomatolog Genuya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing