Bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazish uchun shifokor marafonchilar bilan yugurdi
Olam
−
05 mart 2023
7726Amerikaning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida yashovchi shifokor tirbandlikda qolgan mashinadagi jigarni bemorga ko‘chirib o‘tkazish uchun deyarli bir kilometr yugurdi. Bu haqda “Fox 29” xabar berdi.
Jarroh Adam Bodzin bemorga jigar transplantatsiyasini amalga oshirishi kerak edi, biroq organni olib ketayotgan mashina tirbandlikda qolib ketganini bilgan. Tirbandlik minglab yuguruvchilar ishtirok etgan Filadelfiya marafoni sababli shifoxona atrofidagi yo‘llar yopilgani tufayli vujudga kelgan.
Oq xalat va jarrohlik himoya vositalarini kiyib olgan Bodzin organni olib kelish uchun o‘zi yugurishga qaror qilgan. U 66 yoshli bemoriga juda zarur bo‘lgan jigarni yetkazib kelish uchun marafonchilar o‘rtasida qariyb bir kilometr yugurgan.
“Marafon trassasini kesib o‘tishdan oldin politsiyachiga qo‘l silkitdim. Yaxshiyamki, agar jigarni olib kelsam, u meni qaytarib shifoxonaga olib ketishga rozi bo‘ldi. Men konteyner bilan yugurganimda odamlar menga g‘alati qarashdi deb o‘ylayman”, deydi jarroh.
O‘sha kuni operatsiyaga tayyor bo‘lgan bemor Charlz Rou shifokorning yugurganini operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgandan keyingina bilgan.
“U ajoyib. U haqiqatan ham ajoyib shifokor. U o‘z burchini bajarish uchun hamma narsa qildi”, deydi bemor.
LiveBarchasi