Beltepadagi avariya ortidan uch tuman issiqlik tizimidan uzildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentning Shayxontohur tumani Beltepa mavzesidagi ko‘p qavatli uylarga olib boruvchi ichki yo‘llar ostidan o‘tgan isitish quvurlari yorilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisa natijasida Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur tumani issiqlik tizimidan uzilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Beltepa mavzesida, 400 diametrlik issiqlik quvurlarida avariya sodir bo‘lishi natijasida, tumanning ayrim hududlarda issiqlik energiyasini uzatish vaqtincha tarmoqdan uzildi. Mavjud issiqlik quvuri muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan vaziyat ayni vaqtda bartaraf etilmokda va  quvurning nosoz qismi yangisiga almashtirilmokda. Bugun kech soat 22:00 da aholi honadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.

Shuningdek, bugun soat 17:00 da 9-sonli qozonxonaning (Toshkent viloyati, Nazarbek KFY xududida joylashgan)  800 diametrli quvurida uzilish yuzaga kelganligi sababli Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hudularida issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.

Ayni paytda muammo bartaraf etilmokda va 5 dekabr, soat 05:00 ga qadar ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkaziladi xamda 07:00 ga aholi xonadonlar yana issiqlik tizimiga ulanadi”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Qayd etilishicha, mazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga, zarur miqdordagi texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Beltepa Issiqlik quvuri

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar