Bellingem “Real”da qaysi raqamda to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
15 iyun 2023 5853 1 daqiqa
Bugun, 15 iyun kuni Madridning “Real” klubi angliyalik futbolchi Jud Bellingemni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Jud yangi jamoasida 5-raqamni tanladi.
Ta’kidlash joiz, “qaymoqranglilar” safida mazkur raqamda afsonaviy Zinedin Zidan to‘p tepgan. O‘tgan mavsumda bu raqam Xesus Valexoga tegishli edi, keyinchalik himoyachi 24-raqamda to‘p surdi.

Bellingem “Real”ga Dortmundning “Borussiya” klubidan o‘tdi. “Borussiya” ispan klubidan 103 million yevro va transfer summasining 30 foizigacha bonus oladi.
Ortda qolgan mavsum Bellingem Germaniya chempionatida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28