Bellingem kutilganidan tezroq maydonga qaytadi

Sport

image

“Real Madrid”ning hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Valensiya” bilan Ispaniya chempionatining 27-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Bellingem 10 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya chempionati doirasidagi “Jirona”ga (4:0) qarshi o‘yinda jarohat olgandi. 

Dastlab Madrid klubi 20 yoshli futbolchining 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “RB Leypsig” bilan Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida tiklanishiga umid qilgandi, ammo hozir ingliz futbolchisining reabilitatsiyasi kutilganidan ham yaxshi ketmoqda. U “Valensiya”ga qarshi o‘yinda poytaxt klubi safiga qaytishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Bellingem 2023 yilning iyulida Dortmundning “Borussiya”sidan “Real”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 103 million yevroni tashkil etgan. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.“Transfermarkt” angliyalik futbolchini 180 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing