Belgorod osmonida Ukraina droni urib tushirildi – Rossiya
Olam
−
29 avgust 2023
4655Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod viloyati uzra Ukraina Qurolli Kuchlariga qarashli uchuvchisiz samolyotni urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, hodisa kecha, 28 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 23:00 da sodir bo‘lgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.
Qayd etish joizki, 27 avgust kuni Moskva meri Sergey Sobyanin Lyubersi tumanida poytaxtga uchayotgan dron yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Ukraina Qurolli Kuchlari bir kun ichida viloyatni 500 martadan ortiq o‘qqa tutganini aytgandi.
LiveBarchasi