Belbog‘li kurash. O‘zbek sportchilari jahon birinchiligida 36 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan belbog‘li kurash bo‘yicha 15-17 yoshli o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionati, shuningdek kattalar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqalari yakuniga yetdi. 

Musobaqada 26 ta mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi.O‘zbekiston vakillaridan Feruza Sobirova (43 kg), Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg), Yasmina Sodiqova (52 kg), Samandar Soliyev (55 kg) oltin, Jo‘rabek Mamadaliyev (50 kg), O‘rolbek Sarabekov (71 kg), Fotix Po‘latov (77 kg), Javohirbek Nu’monjonov ( +95 kg), Nilufar Isoqova (+70 kg) kumush, Fozilbek Abdurahmatov (45 kg), Asadbek Ikromov (60 kg), Muhammadqodir Karimjonov (65 kg), Quvonchbek Azimov (71 kg), Shodilbek Shodilbekov (85 kg), Shoxruxbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov (95 kg), Diyorbek Yoqubov (+95 kg) Arofatxon Muhamadova (48 kg), Gavhar Abdusobirova (57 kg), Ro‘zixon G‘anijonova (63 kg), Mehriniso Karimova (70 kg) bronza medali sohibiga aylandi

Kattalar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslarida esa o‘zbek sportchilari klassik yo‘nalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, erkin yo‘nalishda 1 ta kumush 6 ta bronza medaliga ega chiqshdi.

Shuningdek, Jahon kubogi bahslari doirasida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bir qator mamlakatlar belbog‘li kurash federatsiyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sara sportchilarni tayyorlashda ilmiy metodik, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalasida kelishuvga erishdilar.


Maqola muallifi

Teglar

belbog'li kurash

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing