Belarusga jo‘natilgan ukrainalik yetim bolalar g‘oyib bo‘lmoqda
Olam
−
19 iyul 2023
10063Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlaridan bolalar ta’til paytida Belarusdagi sog‘lomlashtirish lagerlariga jo‘natiladi. Biroq ularning hammasi ham ortga qaytmaydi. Bu haqda Belarusning muxolifatdagi Inqirozga qarshi xalq ma’muriyati rahbari Pavel Latushko "Dojd" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“So‘nggi ma’lumotlar Ukrainaning bosib olingan hududiga qaytmagan yetim bolalarga tegishli. Ular g‘oyib bo‘ldi. Endi biz ularning qayerdaligi haqida ma’lumot bera olmaymiz”, deydi Latushko.
Muxolifatdagi siyosatchiga ko‘ra, huquq himoyachilari Belarusga olib ketilgan ukrainalik bolalarni yuzlaridan aniqlaydi. Bugungi kungacha ular 16 nafar ukrainalik yetim bolalar haqida ma’lumot to‘plagan.
“Ammo bu hali boshlanishi. Afsuski, ular ikki yuz nafarga yetishi mumkin”, deydi Latushko.
Ukrain bolalarining Belarus oromgohlariga jo‘natilishi
Anneksiya qilingan hududlarning Rossiya tomonidan tayinlangan hokimiyatlari mehribonlik uylaridagi yetim bolalarni reabilitatsiya qilish uchun Belarusga olib ketilayotganini da’vo qilmoqda.
Iyun oyida Rossiya va Belarus ittifoq davlati kotibi Dmitriy Mezensev tan olinmagan Donetsk va Luganskdan 2000 dan ortiq bolalar ota-onalari yoki vasiylarining roziligi bilan Minsk viloyatidagi sanatoriyga dam olishga ketganini aytgan edi.
LiveBarchasi