Belarusga yangi Bosh prokuror tayinlandi

Olam

image

Shu paytgacha Davlat sud ekspertizasi qo‘mitasini boshqargan Andrey Shved Belarus Bosh prokurori etib tayinlandi. Ushbu qaror 9 sentyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilindi. Bu haqda "BelTA" xabar bermoqda. 

"Men berilgan imkoniyatdan foydalanib, tayinlovim to‘g‘risida Internetda turli postlar qo‘yayotganlar uchun yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman: bu saylovlardan keyingi tabiiy jarayon. Ko‘plab ommaviy axborot vositalari (ular qaysi ommaviy axborot vositalari ekanligini bilasiz), bizda kadrlar yetishmasligi haqida shov-shuv qila boshlashdi. Shuni aniq ayta olaman, bizda mutaxassislarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Aytgancha, tajribali odamlar nafaqat tashqaridan tortib olingan, balki ular tayinlangan ham", deydi Belarus rahbari.

Ma’lumot uchun, Belarusdagi vaziyat barqaror emas. Mamlakat poytaxti 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan keyin namoyishlar markaziga aylandi. Muxolifat saylov natijalaridan norozilik bildirib ko‘chaga chiqdi. Oradan bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, Belarus xalqi tinchigani yo‘q. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing