Belarusda prezidentlikka nomzod tahdid sabab poygadan chiqishi mumkin

Olam

image

Belarusda prezidentlik saylovi atrofida turli gap-so‘zlar ortib boryapti. Muxolif bloger Sergey Tixanovskiyning turmush o‘rtog‘i Svetlana bugun, 16 iyun kuni Belarus prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirishdan voz kechishga tayyorligini bildirdi. U o‘zi va bolalariga tahdid bo‘lgani sababli shunday qarorga kelganini ma’lum qildi.

Tixanovskaya prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun minimal 100 ming ovozni yig‘ish uchun Gomelga kelganida unga anonim qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

“Xabar safarimni davom ettirmasligim kerakligi, aks holda o‘zim va bolalarimga zarar yetishi mumkinligi mazmunidagi tahdid edi”, deya aytib berdi Svetlana Tixanovskaya.

U oldida ikki yo‘l borligini va uning tanlovi qandayligi aniq ekanini aytib, tarafdorlaridan uni tushunishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval prezidentlik poygasiga kirishgan yana bir nomzod Viktor Babariko korrupsiyada ayblangandi. Unga bu ayblovni oltinchi marta nomzodini ilgari suraytgan amaldagi Prezident Aleksandr lukashenko qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Belarusda prezidentlik saylovi joriy yilning 9 avgust kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Belarus' Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing