Belarusda NEXTA asoschilari terrorchilar deb e’lon qilindi

Olam

image

Belarus Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi NEXTA Telegram kanali asoschisi Stepan Putilo va uning sobiq bosh muharriri Roman Protasevichni terroristik faoliyatga aloqador tashkilotlar va shaxslar ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda Belarus DXQ saytida xabar berildi.

Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasining terroristik faoliyatga aloqador tashkilotlar va shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan jami 726 ta shaxslarning faqat ikki nafari Belarus fuqarosi. Ular Polshada yashayotgan NEXTAga aloqador Stepan va Roman.

Roman Protasevich o‘zining Belarus DXQ tomonidan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilishiga Twitter sahifasida kinoyali munosabat bildirishga ham ulgurdi.

“Meni rasman terrorchi deb tan olishibdi. Ha, bu hazil emas. Belarus DXQ meni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Endi mening ismim ISHID a’zolari bilan bitta ro‘yxatda... Rejimning butun faoliyati davomida Lukashenkoning biron bir raqibi bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan!”, deb yozadi NEXTA Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich. 

 

Joriy yilning 16 noyabr kuni Belarus Tashqi ishlar vazirligi Polshaning Muvaqqat ishlar vakiliga NEXTA Telegram kanali asoschisi Stepan Putilo va uning sobiq bosh muharriri Roman Protasevichni Belarusga topshirish talabi qo‘yilgan notani bergan edi

Polsha Yevroparlament tomonidan Saxarov nomidagi “Erkin fikr uchun” mukofotining sovrindori deb e’lon qilingan Stepan Putiloni Belarusga topshirishi amrimahol. 

Gap shundaki, joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Belarus Prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko g‘alabasiga qarshi boshlangan namoyishlarni 1,7 millionlik auditoriyaga ega NEXTA Telegram kanali yoritib, Minskda kuchishlatar tuzilmalar tomonidan namoyishchilarga qilinayotgan munosabat va ko‘llanilayotgan kurollar haqida dunyo hamjamiyatiga xabar berib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Lukoshenko NEXTA

Baholaganlar

83

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing