Belarusda Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlamagan organ xodimlariga jinoiy ish ochildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus Bosh prokuraturasi mamlakatni tark etgan sobiq xavfsizlik xizmati xodimlari – BYPOL tashkiloti vakillariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda prokuratura veb-sayti.

Xususan, prokuratura sobiq xodimi Oleg Talerchik va tergovchi Igor Lobanga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Ushbu fuqarolar Internet-resursdagi videokonferensiya paytida jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni qo‘zg‘atish uchun o‘zlarining bayonotlari bilan tinglovchilarni ijtimoiy mansublik asosida dushmanlik va ixtilofga undadi” deyiladi xabarda.

BYPOL – Prezident Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlamagan va norozilik namoyishlari paytida iste’foga chiqqan xavfsizlik xodimlari tomonidan yaratil0gan tashkilot.

Joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida BYPOL ma’lum audioyozuvni e’lon qildi, unda ovozi Belarus Ichki ishlar vazirligining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi sobiq rahbari Nikolay Karpenkov ( endi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni) tarqatilgan namoyishchilarga “yo mayib qil, yoki o‘ldir”, degan buyruq berganini eshitish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing