Belarusda konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda
Olam
−
27 fevral 2022
6750Bugun, 27 fevral kuni Belarusda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ovoz berish uchun referendum o‘tkazilmoqda.
Mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da ochildi va 20:00 gacha ishlashni davom ettiradi. Belarusda jami 5510 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ularda mamlakat fuqarolari referendumda qatnashishi mumkin. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, referendum ishtirokchilari ro‘yxatiga 6 million 818 ming 948 kishi kiritilgan.
Eng ko‘p saylov uchastkalari Gomel va Minsk viloyatlarida (mos ravishda 977 va 929 ta) tashkil etilgan. Shuningdek, Brest viloyatida 883 ta, Vitebsk viloyatida 714 ta, Mogilev viloyatida 707 ta, Grodno viloyatida 608 ta va Minsk shahrida 692 ta saylov uchastkalari mavjud. Ulardan 217 tasi sanatoriylar, dispanserlar, shifoxonaar va boshqa tibbiyot muassasalarida, 12 tasi esa harbiy qismlarda joylashgan.
Mamlakatda muddatidan oldin ovoz berish 22 fevralda boshlangan va 26 fevralgacha davom etgan.
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko referendumda o‘z ovozini berib bo‘ldi.
LiveBarchasi