Belarusda AQSH sanksiyalariga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Olam

image

AQSHning mamlakatdagi davlat kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qaroriga qarshi Belarusda norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan 15 ta kasaba uyushma vakillari va davlat korporatsiyalari xodimlari Minskdagi AQSH elchixonasi oldida piketga yig‘ilgan. Namoyishchilar: “Sanksiyalarga yo‘q deymiz!” deya o‘z noroziliklarini bildirmoqda.

Belarus Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Ordaning ta’kidlashicha, sanksiyalar Belarus korxonalarining 35 mingdan ortiq ishchisi va ularning oilalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Orda sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi va AQSH ma’muriyatiga taqdim etish uchun elchixona vakillariga xat topshirdi.

19 aprelda AQSH hukumati Belarusdagi 9 ta davlat kompaniyasiga qarshi “inson huquqlarini buzish” bahonasida sanksiyalarni qayta tikladi. Davlat kompaniyalariga qarshi sanksiyalar 2015 yilda bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing