Belarusda aholi yana Lukashenkoning vakolatlarini kengaytirishga ovoz berdi

Olam

image

Belarus Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, saylovchilarning asosiy qismi Konstitutsiyani yoqlab ovoz bergan. 

“Ishtirokchilar umumiy sonining 65,16 foizi (4 million 440 ming 813 nafar) mamlakat asosiy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun ovoz bergan, 10,07 foizi (686 165 nafar) qarshi ovoz berdi”, deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko.  

Saylov byulletenida faqat bitta savol bor: "Siz Belarus Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qabul qilasizmi?" Ikkita javob bor: yo‘q va ha. Ayrim o‘zgarishlarni yoqlab yoki qarshi ovoz berish mumkin emas edi. 2004 yildan beri birinchi marta byulletenlar faqat rus tilida chop etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, chet elda yashovchi belaruslar referendumda ovoz bera olmagan, ular uchun saylov uchastkalari ochilmagan. 

Referendumda qabul qilingan qaror qonuniy kuchga ega bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach, kuchga kiradi. 

Yangi hujjatda 83 ta modda o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan. “Xalq hokimiyatining oliy vakillik organi" sifatida Butun Belarus Xalq Assambleyasiga bag‘ishlangan 11 ta yangi modda va bitta yangi bob, uning maqomi va vakolatlari paydo bo‘ldi.

Bu Aleksandr Lukashenko tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan to‘rtinchi referendumdir. Oldingi barcha – 1995, 1996 va 2004 yillardagi referendumlar prezident vakolatlarining kengayishi va mustahkamlanishiga olib keldi, ovoz berish va natijalar Belarus jamoatchiligi va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan tan olinmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Belarusda referendum

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing