Belarusda referendum va rejimga qarshi chiqqan 800 kishi hibsga olindi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 27 fevral kuni Belarusda referendum bo‘lib o‘tdi.  Shu kuni 800 ga yaqin odam turli xil ko‘rinishda jamoat tartibini buzgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Belarus Ichki ishlar vazirligining Telegram’dagi xabarida aytiladi. 

“Mamlakat bo‘yicha turli xil jamoat tartibini buzgan 800 ga yaqin shaxs qo‘lga olindi. Ayni paytda ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida auditorlik tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ulardan ba’zilari ilgari ham xuddi shunday jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan”, deyiladi IIV rasmiy axborotida. 

Qayd etilishicha, fuqarolarni jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzuvchi harakatlarga chaqirish, ruxsat etilmagan ommaviy harakatlarni tashkil etish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaga aloqador shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Bundan tashqari, noqonuniy ovozli signallar bilan bog‘liq faktlar bo‘yicha materiallar rasmiylashtirilib, bunday haydovchilarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

“Eslatamiz, mazkur huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish bilan birga jarima solishga sabab bo‘ladi”, deyiladi IIV axborotida.

Belarus Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, saylovchilarning asosiy qismi Konstitutsiyani yoqlab ovoz bergan. 

“Ishtirokchilar umumiy sonining 65,16 foizi (4 million 440 ming 813 nafar) mamlakat asosiy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun ovoz bergan, 10,07 foizi (686 165 nafar) qarshi ovoz berdi”, deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko.  


Maqola muallifi

Teglar

Belarusda referendum

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing