Belarus Rossiyaga yordamni kuchaytirsa, AQSH ayab o‘tirmasligi aytildi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022
6391Agar Minsk Ukrainadagi mojaroda Rossiyaga yordamni kuchaytirsa, AQSH Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda bugun, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.
“Biz Belarusning Ukrainadagi [Rossiyaga] qo‘shimcha yordam beradimi yoki yo‘q, buni diqqat bilan kuzatib boramiz va juda yaqindan kuzatishda davom etamiz. Agar buni ko‘rsak, qo‘shimcha chora-tadbirlarni kiritish orqali mutanosib javob beramiz”, deydi u.
Davlat departamenti rasmiysiga ko‘ra, AQSH Rossiyaning bosqinchilik urushida Belarusning roli yuzasidan Ukraina bilan aloqani davom ettiradi.
Bundan tashqari, Prays Rossiya hukmdori Vladimir Putinning Rossiya “hech qanday davlatni o‘ziga qo‘shib olmaydi” degan so‘zlariga izoh berdi.
“Ajablanarlisi shundaki, bu gap hozir boshqa bir tinch qo‘shnisini majburan o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan davlat rahbarining og‘zidan chiqdi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskka bordi. Unda Moskva va Minsk qo‘shma mashg‘ulotlar va boshqa tezkor hamda jangovar tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi