Belarus Rossiyadan boshqa barcha bilan chegarani yopdi

Olam

image

Belarus Litva, Latviya, Polsha va Ukraina bilan chegaralarini yopdi va bu davlatlar fuqarolarining kirishini taqiqladi. Bunday qaror koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash chorasi sifatida qabul qilingan.

“Qo‘shni mamlakatlarda yuzaga kelgan epidemik vaziyat tufayli Belarus Respublikasi o‘z hududiga Latviya, Litva, Polsha va Ukrainadan kelgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun quruqlik punktlari orqali kirishni vaqtincha cheklaydi”, deyiladi xabarda.

Diplomat, halqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari, xalqaro temir yo‘l aloqasining poyezd va lokomotivari a’zolariga bu taqiq taalluqli emas. Minsk aeroportidagi o‘tkazish punktida bu cheklovlar o‘rnatilmagan. 

Hozir mamlakat hududiga faqatgina belaruslar kiritilyapti. Chegaralar yopilishidan bir necha soat oldin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shu mavzuda gapirgandi.

“Chegarani yopish uchun temir parda qilmaslik kerak, bu hech kimga kerak emas. Chegara xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik zonasidir. Ko‘ryapsizmi, bizga chaqiruv bilan chiqishdi. Qanday do‘stlik... Ammo xalqlar aybdor emas <...> Biz chegarada har doim polyaklar, litvaliklar, latviyaliklar va hatto ukrainlar uchun ishonchli to‘siq bo‘lib kelganmiz. Biz hech kimni va hech nimani o‘tkazmadik. Ular bizdan yana nimani xohlashadi?”, degandi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Belarusda pandemiya boshidan beri 96 ming odam koronavirusga chalingan, 973 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Belarus'

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing