Belarus Polshadan xavfsirayapti

Olam

image

Belarus o‘z hududiga hujum qilishni rejalashtirayotgan jangarilar va ekstremistlarga qarshi “qattiq harakat qilish” niyatida. Bu haqda Belarus TIV matbuot kotibi Anatoliy Glaz KXSHT mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi davomida so‘z ochdi. 

Uning aytishicha, agar to‘satdan kimdir Belarus hududiga agressiv harakat qilishga urinsa, bu harakatlarning tashabbuskorlari ham, ijrochilar uchun ham ayanchli oqibatlarga duch keladi. Anatoliy Glazning tahdidlari Polsha va boshqa G‘arb davlatlariga qaratilgan edi.

“Biz qo‘shni davlat hududida Polsha va G‘arb maxsus xizmatlari ishtirokida jangarilar, ekstremistlar, terrorchilar ochiqchasiga Belarusda qurolli amaliyotlar o‘tkazishga tayyorlanayotganini bir necha bor aytgan edik. Bu mutlaq haqiqat”, degan Glaz.

Uning ta’kidlashicha, Minsk bu masala bo‘yicha Varshavaning o‘zi bilan muloqot qilgan. 

“Biz tushunmayapmiz, ular (Polsha rasmiylari) o‘zlarining rasmiy ishtirokini inkor etishga urinmoqda, ammo bizda faktlar bor. Bu harakatlar shubhasiz jinoyat va dushmanlikdir. Yaqin vaqtgacha NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat ekstremistlarni qo‘shnisi hududida harbiy amaliyotlar uchun tayyorlashi mumkin, deb o‘ylash qiyin edi”, deya qo‘shimcha qildi TIV vakili.

Aytish joizki, oldinroq Britaniyaning “The Sunday Times” gazetasi ham Belarus hududida teraktlar tayyorlanayotgani haqida yozgan. Unga ko‘ra, bir necha yuzlab belarusliklar Polshaning Poznan shahrida maxsus tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Instruktorlar orasida Belarus maxsus xizmatlarining sobiq xodimlari ham bor. Bu harakatlardan esa Aleksandr Lukashenkoga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish maqsad qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing