Belgiyadagi fojia qurbonlari soni ortdi
Olam
−
20 mart 2022
13879Belgiyada karnaval paytida olomon ustiga avtomobil bostirib kirishi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, 10 kishi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda. Bu haqda Belgiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili ma’lum qilgan.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi og‘ir ahvolda shifoxonada”, degan u.
Ta’kidlanishicha, yana 27 kishi yengil tan jarohati olgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, avtomashinada bo‘lgan 1988 va 1990 yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy aholi qo‘lga olingan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda, biroq prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, “bu terakt ekanligiga ishora yo‘q”. Prokuratura qotillik moddasi bo‘yicha tergov ochgan.
Rasmiylar yillik karnavalni bekor qilishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, kunning ikkinchi yarmida Bosh vazir Aleksandr de Kroo va Belgiya qiroli Filipp fojia joyiga yetib boradi.
Avvalroq, Belgiyaning Strepi-Brakni shahrida mashina olomon ustiga borib urilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi