Belgiyada Santa-Klaus tashrifidan so‘ng 18 kishi koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
28 dekabr 2020
5862Belgiyada koronavirusga chalingan Santa-Klaus qariyalar uyiga borgan. Natijada 121 nafar qariya va 36 nafar xodim koronavirus yuqtirib olgan. 18 kishi vafot etgan. Bu haqda "MIR 24" xabar bermoqda.
Santa-Klausda qariyalar uyiga borganidan uch kun o‘tgach, koronavirus aniqlangan. Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, tadbir paytida xavfsizlik choralariga rioya qilinmagan, hamma ham niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan.
Biroq, virusologlar ommaviy yuqtirishga Santa sabab bo‘lganiga amin emas. Ular xonaning noto‘g‘ri shamollatilishi virus tarqalishiga hissa qo‘shgan deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Belgiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 638 mingdan oshgan. 19 ming 158 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi