Belgiya va Misr bahsida ham g‘olib aniqlanmadi
Sport
−
16 iyun 2474 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “G” guruhidan o‘rin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
AQSHning Sietl shahridagi “Lyumen Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning 20-daqiqasida Imom Ashur hisobni ochib, Misr terma jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Muhammad Hani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob tenglashishiga sababchi bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng Belgiya va Misr terma jamoalari hisobida bir ochkodan egallagan holda 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.
“G” guruhining yana bir 1-tur bahsida Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari 16 iyun kuni o‘zaro to‘qnash keladi.
Endilikda Belgiya 2-turda Eronga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Misr esa navbatdagi turda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynasa, guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini Eronga qarshi o‘tkazadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi