Belgiya Ukrainaga F-16 yetkazishini e’lon qildi

Olam

image

Belgiya joriy yilda Ukrainaga ikkita F-16 qiruvchi samolyotini topshiradi, yana ikkitasini 2026 yilda jo‘natish rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Kiyevda bo‘lib turgan Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ukrainaga F-16 yetkazib berish bo‘yicha asosiy ta’minotchiga aylanmoqchi.

“Biz Ukraina uchun F-16’ning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lishga va’da berdik. Biz o‘z so‘zimizda turamiz. Ikkita F-16 ehtiyot qismlari bu yil, ikkita samolyot kelasi yili keladi”, degan vazir.

Shuningdek, u Belgiya F-35 qiruvchi samolyotini olishi bilanoq Ukrainaga F-16 samolyotlar yetkazilishi, kechikishlar bo‘lmasligini aytdi.

Eslatib ўтамиз, Belgiya Mudofaa vaziri Teo Franken joriy yilning 6 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Kiyevga bir milliard yevroga yaqin harbiy yordam taklif qilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16 Bel'giya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing