Belgiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ni Ukrainaga o‘tkazadi
Olam
−
24 yanvar
4034Belgiya Mudofaa vaziri Lyudivin Dedonder Ukrainaga 2024 yilda 611 million yevro miqdorida harbiy yordam berilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Belgiya Vazirlar Mahkamasi “La Libre Belgique” gazetasiga bu ma’lumotni tasdiqlab, gap mamlakatda muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadni Kiyevga o‘tkazish haqida ketayotganiga aniqlik kiritgan.
Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov X ijtimoiy tarmog‘ida belgiyalik hamkasbi bilan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan. Shuningdek, u suhbat chog‘ida Bryusselning ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashda ishtirok etish imkoniyatlari ham muhokama qilinganini aytgan.
Yevropa Ittifoqi davlatlari, G7 va Avstraliya Ukrainada urush boshlanganidan keyin o‘z hududlaridagi Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Gap Rossiya Markaziy bankining naqd va qimmatli qog‘ozlardagi 280 milliard dollar (260 milliard yevro) aktivlari haqida bormoqda.
LiveBarchasi