Bektemir Meliqo‘ziyev tajribali raqibini nokautga uchratdi
Sport
−
08 oktabr 2023 13528 1 daqiqa
Bugun, 8 oktyabr kuni professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Uning raqibi Alantes Foks bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi boks kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning 4-raundida Bektemir Meliqo‘ziyev tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan so‘ng jang to‘xtatildi va texnik nokaut qayd etildi.
Shunday qilib, Meliqo‘ziyev g‘alaba qozondi va o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini yana bir marta himoya qildi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust