Bektemir Meliqo‘ziyev 3-raundda nokautga uchrab, ilk bor mag‘lub bo‘ldi (video)
Sport
−
20 iyun 2021
19436Kecha, AQSHning Texas shtatida o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundga mo‘ljallangan jang 3-raundda Bektemirning nokautga uchrashi bilan yakunlandi.
Rosado raund o‘rtasida o‘ng qo‘lidagi kuchli zarbasi bilan Bektemirni ringga qulatdi. Ushbu vaziyatda referi jangni to‘xtatdi va Rosadoning g‘alabasini qayd etdi.
Ta’kidlash kerakki, 1-raundda Bektemir ham raqibini nokdaun holatiga tushirishga ulgurgandi. Umuman, nokautgacha Bektemir jangni o‘z foydasiga hal qilayotgandi. Birgina zarbani o‘tkazib yuborish o‘zbekistonlik bokschiga qimmatga tushdi.
GABE ROSADO WITH THE KO OUT OF NOWHERE 🤯 pic.twitter.com/mOEAP2SCHG
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) June 19, 2021
Shu tariqa, Bektemir professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida shu vaqtga qadar 7 ta jang va 7 g‘alaba bor edi. Shundan 6 tasida 25 yoshli bokschi raqiblarini nokautga uchratgan.
Gabriel Rosado ham tajribali bokschilardan. 35 yoshli amerikalikning hisobida 26 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang bor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev to‘rt yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bokschining 2020 yil 16 fevraldan boshlab musobaqalarda olgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilindi hamda 2024 yil 15 fevraliga qadar turli sport musobaqalarida (professional boksda jang o‘tkazish bundan mustasno) ishtirok etishi taqiqlandi.
LiveBarchasi