Bekobodda suvga cho‘kayotgan go‘dakning hayoti saqlab qolindi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
7493Joriy yilning 18 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida cho‘kib ketayotgan go‘dakning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu kuni soat 11:10 lar atrofida tumanning “O‘zbekiston” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Xosyoz” kanalida go‘dak oqib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyati FVB Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli Yong‘in-qutqaruv qism qutqaruvchisi serjant Jasur Umirzakov bolani qutqarmoqchi bo‘ladi.
U shu maqsadda o‘zini suvga otadi. Go‘dakni kanaldan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi va ota-onasiga topshiradi. Voqea joyiga chaqirtirilgan tez-tibbiy yordam xizmati go‘dakni shifoxonaga olib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bolaning sog‘lig‘i yaxshi.