Xitoy Uxandagi o‘zbekistonliklarni bermoqchi emas...

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklar istagan vaqtda Vatanga qaytishi mumkinligi, buning uchun barcha sharoitlar yaratilganini ma’lum qilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, TIV navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, rasmiy Pekin chet elliklarning mamlakatdan chiqib ketishiga qat’iy cheklovlar o‘rnatgan. 

27 yanvar kuni O‘zbekiston Elchisi Baxtiyor Saidovning Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Sun Linszyan bilan suhbati bo‘lib o‘tgan. 

Suhbatda chet el fuqarolarining Uxan shahridan (Xubey provinsiyasi) evakuatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Xitoylik diplomat mamlakat Hukumatining koronavirus tarqalishini chegaralash hamda infeksiyani profilaktika qilish va davolash borasida ko‘rayotgan har tomonlama choralari to‘g‘risida ma’lumot bergan. 

Xitoy tomoni hozirda mamlakat Hukumati chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini yana bir bor tasdiqlagan va epidemiyaning ehtimoliy tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida karantin rejimining butun davri yakunlanmaguncha O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketmaslikni so‘ragan. 

Hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus boshchiligidagi Ishchi guruhi Xitoyda bo‘lib turibdi.  JST Bosh direktori ham chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi tashkilot murojaatini ma’lum qildi,  xalqaro jamoatchilikni xotirjamlikni saqlash va yolg‘on xabarlarga ahamiyat bermaslikka chaqirdi. 

TIV yanvar  oyida Uxan shahridan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalardan zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik agentligiga +998909882330 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov),  +998972755074 (bosh mutaxassis F. Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishlarini so‘raydi. 

Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev),  +86 139 1175-4476 (Shurat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing