Bekobodda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘darildi
Jamiyat
−
02 fevral 2020
8351Bugun, 2 fevral kuni taxminan 12:00 larda Bekobod shahri Me’mor ko‘chasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshli J.M.ning boshqaruvidagi ichida 20 nafar yo‘lovchilari bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus aylanma harakatlanish joyi bo‘ylab harakatlanayotganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Avtobus texnik nosozlik ya’ni, old g‘ildirakning tormozlanib qolishi sababli o‘ng tomonga yonboshlab ag‘darilgan. Natijada 20 nafar yo‘lovchilardan 4 nafari shifoxonaga murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.
Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi