Bekobodda 250 mln so‘mlik qalbaki pulni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
14 noyabr 2023
3828Toshkent viloyatida 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirilgan.
Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. ismli shaxs noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSH dollari bergan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi