Bekobod tumani bosh imom-xatibi vafot etdi
Jamiyat
−
09 may 2022
10552Toshkent viloyati Bekobod tumani bosh imom-xatibi hamda “Dalvarzin” jome masjidi imom-xatibi Anvarjon domla Risboyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.
“Alloh taolo marhum domlamizni o‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Alloh taolo marhum domlamizning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin”, deyiladi idora xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida islomiy ilm-ma’rifat taratib kelayotgan e’tiborli ulamolaridan Nasriddinxon Mubinjon o‘g‘li Atoyev 64 yoshda vafot etgandi.
LiveBarchasi