Bekxemning klubi Ronalduga xaridor bo‘lyapti
Sport
−
08 Oktabr 2022
6091Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu AQSHning “Inter Mayami” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist, insayder Pedru Almeyda xabar berdi.
Qayd etish kerakki, “Inter Mayami” klubining xo‘jayini angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem hisoblanadi. Bekxem kelasi yilning yanvar oyida “Manchester Yunayted” rasmiylari bilan 37 yoshli hujumchining transferini muhokama qiladi.
Aniq taklif tushadigan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” ham Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga tayyor. Sababi ushbu mavsumda Ronalduning “ketmoni sira uchmayapti”. U “Yunayted” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Qolaversa, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag ham Ronalduga ishonch bildirmayapti.
Ayni damda “Inter Mayami” MLS (Major League Soccer) Sharqiy konferensiya musobaqasining jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2021 yilda beri “Yunayted” safida to‘p tepadi. U “qizil iblislar” safida 2003-2008 yillarda ham o‘ynagan. U 2009 yilda “Manchester Yunayted”ni “Real Madrid” bilan almashtirgan edi.
LiveBarchasi