Bekxem o‘z klubiga sobiq jamoadoshini bosh murabbiy etib tayinladi
Sport
−
26 yanvar 2021
4245Angliyaning ayollar terma jamoasini boshqarib kelgan Fil Nevill endilikda, Devid Bekxemning “Inter Mayami” klubiga bosh murabbiy bo‘ldi. Bu haqda “Inter Mayami”ning rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
“Inter Mayami” rahbariyati klubga yangi bosh murabbiy tayinlanishi to‘g‘risida bayonot bergan.
“Biz Filni faqatgina o‘tgan mavsumdagi o‘yinimizni yaxshilash uchun emas, yanada kattaroq maqsad va vazifalar bilan taklif qildik. Futbol uchrashuvlaridan bo‘sh vaqtlarda Fil o‘yinchilarning ovqatlanishi, ta’limi va mashg‘ulotlari ustida ham ishlaydi”, deydi klub menejeri Jorj Mas bayonotda.
“Inter Mayami”ning egasi Bekxem yangi bosh murabbiy klub akademiyasi shakllanishida ham yordam berishini aytdi.
“Ushbu klubga mehnatsevarlikni singdirish juda muhim. Biz avval shahrimizdagi yosh uyinchilar va ularning salohiyati haqida gapirgan edik. Bizga endi ular ustida ham ishlaydigan mutaxassis keldi. Nafaqat klub, balki akademiya ham katta ahamiyatga ega”, deydi Devid Bekxem.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda “Inter Mayami” atiga 7 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat va 3 ta durrang qayd etgan.
LiveBarchasi