Bekxem Habibning ligasida mehmon bo‘ladi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov “Manchester Yunayted” sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem joriy yilning 29 yanvar kuni AQSHning Mayami shahrida (Florida) bo‘lib o‘tadigan “Eagle FC 44” turnirida ishtirok etishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Men unga taxminan bir oy oldin xabar yubordim. Eslatganingiz uchun rahmat. Bugun men unga yana xabar qoldiraman, balki shoumizga kelar”, deydi Habib turnir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, “Eagle FC 44” musobaqasining markaziy jangi rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Sergey Xaritonov (33-9) va gollandiyalik Tayron Spong o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Xaritonov musobaqada ishtirok eta olmaydigan Antonio Silva o‘rnini egalladi. 

Shuningdek, asosiy kardda UFC sobiq jangchisi Rashad Evans (19-8) va braziliyalik grepler Gabriyel Chekko (11-5) o‘zaro bahs olib boradi. Bundan tashqari rossiyalik yengilmas sportchi Ramazon Kuramagomedov (9:0) ham oktagonga ko‘tariladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Bekxem Eagle FC

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing