Begona ayolning belidan ushlab, tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, holat joriy yilning 25 iyun kuni poytaxtning Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tarvuz sotuvchisi 33 yoshli U.I. mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan xaridor ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik harakatlarini qilgan.

O‘tkazilgan sud jarayonida huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud  U.I.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-1-moddasining 1-qismiga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 194-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida, ya’ni 3,4 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ayol huquqbuzar Tarvuz sotuvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing