Behbudiy va Bahodir Yo‘ldoshev mukofotlari ta’sis etildi
Jamiyat
−
03 Oktabr 3904 2 daqiqa
O‘zbekistonda jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hamda teatr va kino aktyori, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi. Bu haqda joriy yilning 27 sentyabr kuni 606-sonli hukumat qarori bilan qabul qilingan “Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot to‘g‘risida” hamda “Yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot to‘g‘risida”gi nizomlarda so‘z boradi.
Ushbu nizomlarga ko‘ra, mukofot g‘oliblarini aniqlash uchun har 2 yilda 1 marotaba tanlov o‘tkaziladi.
Mukofotlar bilan rejissura va dramaturgiya sohalarida faol ijod qilayotgan rejissyor va dramaturglar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
G‘oliblarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 50 barobari (20 mln 600 ming so‘m) miqdorida 1 martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalar beriladi.
Ijodkorlarni mukofotlar bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tegishli tashkilotlar tomonidan Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi. Madaniyat vazirligi nomzodlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, tanlov o‘tkazilayotgan yilning 1 fevraligacha tegishli komissiyaga taqdim etadi. Komissiya 1 martgacha nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqib, har bir mukofot bo‘yicha eng munosib 1 nafardan nomzod bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Mukofotlar 27 mart – Xalqaro teatr kuni arafasida Madaniyat vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr