BBC talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi sportchisi e’lon qilindi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi BBC telekanali tomonidan 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Messi terma jamoasida ilk bor Jahon chempionatida g‘alaba qozondi va turnirning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Argentinaliklar final uchrashuvida Fransiya termasi bilan to‘qnash keldi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (4:2). Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar yana biitadan gol urdi (3:3).

Turnirda Messi yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi guruh bosqichida Saudiya Arabistoni (1:2) va Meksika (2:0) termalariga qarshi bahsda ikkita gol urdi. Pley-off bosqichida Lionel Avstraliya (2:1), Niderlandiya (2:2, penaltilar bo‘yicha 4:3), Xorvatiya (3:0) va finalda Fransiyaga (3:3, 4:2 penalti) darvozasiga ikkita to‘p kiritdi.

Shuningdek, argentinalik futbolchi bu yil Fransiya chempioni va Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

BBC Messi

Baholaganlar

799

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing