“Bayer” rekordlarni urishda davom etmoqda

Sport

image

Leverkuzenning “Bayer” klubi “Benfika”ning Yevropa futbolidagi mag‘lubiyatsiz rekordini takrorladi. Bu haqda “MisterChip” sahifasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Germaniya chempionatining 32-tur uchrashuvida “Bayer” Frankfurtning “Ayntraxt” klubini 5:1 hisobida mag‘lub etdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 48 taga yetkazdi. Bu orqali nemis klubi “Benfika”ning 1963 yildagi rekordini takrorladi.

“Bayer” 2023/2024 yilgi mavsumda Bundesliga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 32 uchrashuvda 84 ochko jamg‘argan. Bundesliganing 29-turida Xabi shogirdlari muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.

Navbatdagi o‘yinda “Bayer” Yevropa ligasining ikkinchi yarim finalida “Roma”ga qarshi maydonga tushadi. Birinchi o‘yin 2:0 hisobida leverkuzenliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ayntraxt Benfika Bayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made